35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kunlik doirasida!
янв.21
Avval xabar berganimizdek, “Xalq bilan sayyor qabul” tadbiri ko‘tarinki ruh va samimiy muhitda davom etdi.
янв.21
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Xalq bilan sayyor qabul” doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov ishtirokida Juma — “Oila” kuni doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Abdulla Avloniy tavalludining 148 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir
янв.21
“Maromiylik” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, senatorlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

📝 Kun tartibidan joy olgan masalalar:

🔺Dastlab deputatlar tomonidan kun tartibidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasining 2026-yil II choragida hududdagi davlat organlari va tashkilot rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida hamda Toshkent shahrida jinoyatchilikni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish borasida 2026-yilning II choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Toshkent shahar prokurori hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari – Orziev Tolibjon Nazorovich, Toshkent shahar prokurori v.b – Urmanov Anvar Abdutalipovich hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari – Dilmurod Mirsadikovlarning axborotlarini tingladi.

🔺 Shuningdek Joriy yilning birinchi yarim yilligida Toshkent shahrining eksport salohiyatini oshirish, hududiy investitsiya dasturlari bajarilishi, shuningdek, Toshkent shahrida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini o‘rganish va natijasi yuzasidan muhokama qilish haqida Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari – Shukurov Otabek Vaxobjonovich Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining 25-sessiyasida hisobot berib o‘tdi.

🔺 Joriy yilning birinchi yarim yilligida Toshkent shahrining turizm salohiyatini yaxshilash, jumladan hududning turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlar ijrosini o‘rganish va natijasini muhokama qilish haqida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘lih o‘z hisobotini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺 Yangihayot tumanidagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risidaToshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Dusmuhamedov Alisher Ismatillayevich o‘z hisobotini sessiya qatnashchilariga taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahrida 2026-yil birinchi yarim yilligida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kasalliklarning oldini olish va aholiga tibbiy yordamni yaqinlashtirish bo‘yicha ko‘rilgan aniq choralar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovich deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺 Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish borasidagi ishlar holatini o‘rganish va komissiya majlisida muhokama qilish to‘g‘risida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - Davlatov Ilxomjon G‘ulomjonovich deputatlarga ma’ruza qildi.

🔺 Toshkent shahrida sanitar-epidemiologik holat bo‘yicha 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish to‘g‘risida Sanitariya-Epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining shahar boshqarmasi boshlig‘i – Kudratxodjayeva Malika Baxramovna deputatlarga hisobot berdi.

🔺O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Yunusov Abdulaziz Abdugapparovich deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.

🔺 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2026-yil birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. - Abdug‘afforov Shiddadbek Baxrom o‘g‘li deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bo‘yicha ochiq muhokama o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish masalalari to‘g‘risida Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘basi mudiri - Gulyamov Zafar Zokirovich o‘z hisobotini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺 Kun tartibidagi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgaritish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masala yuzasidan tashkilot rahbari ishtirok etmaganligi sababli deputatlar tomonidan keyingi sessiyaga qoldirildi.

🔺 2026-yil II choragida Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masala yuzasidan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri – Ravshanbekov Davronbek Ravshanbekovich tomonidan sessiya qatnashchilariga ma'lumot berildi.

🔺 Toshkent shahar mahalliy budjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish haqida tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

⏺️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bu galgi sessiyasida shu va boshqa masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

📌 Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi? Bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10