35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kunlik doirasida!
янв.21
Avval xabar berganimizdek, “Xalq bilan sayyor qabul” tadbiri ko‘tarinki ruh va samimiy muhitda davom etdi.
янв.21
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Xalq bilan sayyor qabul” doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov ishtirokida Juma — “Oila” kuni doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Abdulla Avloniy tavalludining 148 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir
янв.21
“Maromiylik” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ–931-son "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aniqlash hamda uni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilaydi. Qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarining xizmat vazifalarini xolis, shaffof va halol bajarishini ta'minlash hamda korrupsiyaning oldini olishdan iborat. 

Qonunga muvofiq, manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning xizmat vazifalarini xolis va vijdonan bajarishiga ta'sir qilayotgan yoki ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan, shuningdek shaxsiy manfaat bilan davlat, jamiyat, fuqarolar yoki tashkilotlarning qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatdir. 

Mazkur Qonun:

- davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
- davlat muassasalari va davlat unitar korxonalariga;
- davlat maqsadli jamg‘armalariga;
- ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi. 

Qonun bilan quyidagi muhim talablar belgilangan:

- davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha ichki tizimni joriy etish;
- xodimlarning ehtimoliy va mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqida belgilangan tartibda deklaratsiya va xabarnoma taqdim etishi;
- manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganda uni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
- manfaatlar to‘qnashuvini nazorat qilish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar faoliyatini tashkil etish;
- manfaatlar to‘qnashuvi talablarini buzgan shaxslarning qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarligini ta'minlash. 

Shuningdek, Qonunga ko‘ra, davlat organi yoki tashkiloti xodimi ishga kirishda, boshqa lavozimga o‘tkazilganda hamda shaxsiy ma'lumotlari o‘zgarganida ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda esa bu haqda bir ish kuni ichida bevosita rahbariga yoki mas'ul bo‘linmaga yozma ravishda xabar berishi shart. 

Mazkur Qonun davlat boshqaruvida ochiqlik, xolislik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.