35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“G‘ayrat” mahallasida obodonlashtirish ishlari jadallashmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi E. Karimov “G‘ayrat” MFYda olib borilayotgan obodonlashtirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida viloyat hokimligi vakillari, tegishli tashkilotlar rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirokida hududdagi mavjud masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Cho‘lponshoh ko‘chasidagi 34–36-sonli ko‘p qavatli uylar hududini kompleks rekonstruksiya qilish, gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va oqova suv tizimlari faoliyatini yaxshilash, mavjud nosozliklarni bartaraf etish, yerto‘la qismlarini tozalash va dezinfeksiya qilish, shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish hamda gulzorlar barpo etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini tezkor va sifatli ta'minlash maqsadida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Mazkur ishlar deputatlik nazoratida o‘rganilmoqda.

Slide 1 of 5