35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dolzarb 90 kunlik doirasida!
янв.21
Avval xabar berganimizdek, “Xalq bilan sayyor qabul” tadbiri ko‘tarinki ruh va samimiy muhitda davom etdi.
янв.21
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Xalq bilan sayyor qabul” doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov ishtirokida Juma — “Oila” kuni doirasida davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Abdulla Avloniy tavalludining 148 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir
янв.21
“Maromiylik” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Farrux Radjabov Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi

#ekspert_fikri #doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Farrux Radjabov Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikni qisqartirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatiga oid masalalar muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilishda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi sifatida ishtirok etib, mas’ul tashkilotlar vakillariga bir qator savollar bilan murojaat qildim.

⚖️ Birinchi savolim Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar natijalariga oid bo‘ldi. Xususan, Toshkent shahrida qaysi yo‘nalishlarda korrupsiyaviy holatlarni kamaytirishga ko‘proq erishilgani yuzasidan izoh so‘radim.

📝 Mas’ullar tomonidan berilgan javobga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida O‘zbekistonda korrupsiyaviy holatlar ko‘proq qayd etilgan sog‘liqni saqlash, bandlik hamda bank sohalarida korrupsiyaviy holatlarni kamaytirishga erishilgani ma’lum qilindi.

📨 Ikkinchi savolim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning 6 oyi davomida kelib tushgan murojaatlar tahliliga oid bo‘ldi. Jumladan, Toshkent shahrida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan korrupsiyaviy holatlar yuzasidan davlat organlari, tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslariga ko‘proq qanday shaklda murojaatlar yo‘llanayotgani bilan qiziqdim.

📝 Berilgan javobda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–445-son Qonuni bilan belgilangan murojaat etish huquqini amalga oshirish kafolatlariga muvofiq, Toshkent shahrida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan korrupsiyaviy holatlar yuzasidan davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslariga jamoaviy murojaatlarga nisbatan yakka tartibdagi murojaatlar ko‘proq kelib tushgani qayd etildi.

🤝 Muhokamalar davomida olingan ma’lumotlar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish, shuningdek fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladim.

✅ Ishonchim komilki, doimiy komissiya yig‘ilishlarida ekspertlar, deputatlar va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi ochiq muloqot, savol-javob hamda amaliy takliflar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1