Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J.Quryazov tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni dastlabki ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📋 Yig‘ilish davomida sessiyada muhokama etilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan taqdim etilgan axborot va hisobotlar atroflicha tahlil qilinib, ularning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda dolzarbligi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
🤝 Yakunda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli xulosasi shakllantirilib, ularni navbatdagi tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.