Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov o‘z saylov okrugidagi "Xo‘tanariq" MFYda bo‘ldi.
Tashrif davomida mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali tashkil etish, hududni obodonlashtirish, sanitariya-tozalikni ta'minlash va yashil hududlarni kengaytirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mahalladagi Shokirov ko‘chasi 89-uyda yashovchi fuqaro O. Qo‘chqarovaning yashash xonadonini deputat tashabbusi bilan ta'mirlash ishlari boshlandi.
Shu bilan birga, 2026-yil 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda "mahalla yettiligi" faoliyatini yangicha tashkil etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolarga tushuntirishlar berildi.