Yangiliklar

24 tavsiya ijrosi doirasida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Berilgan topshiriqqa asosan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov “Islomobod” MFYda bo‘ldi.

Tashrif davomida mahalla raisi Sh. Ibragimov bilan uchrashuv o‘tkazilib, deputatlar faoliyatini keng yoritish hamda fuqarolarning rasmiy axborot manbalaridan muntazam foydalanishini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, aholiga deputatlar faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlarni Telegram, Facebook, Instagram hamda E-Kengash platformalari orqali kuzatib borish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tayyorlangan axborotni barcha fuqarolar ko‘rishi mumkin bo‘lgan qulay joyga joylashtirish tavsiya etildi.

Slide 1 of 1