Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta'mirlash ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlash – deputatlar e'tiborida
янв.21
24 tavsiya ijrosi amalda
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Jalolov Malik Kimsanboyevichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.
янв.21
Hamkorlik orqali aholi salomatligi muhofaza qilinadi
янв.21
SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
24 tavsiya ijrosi amalda
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Jalolov Malik Kimsanboyevichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
24 ta tavsiya ijrosi amalda
Yoshlar kuni munosabati bilan “Qizlar davrasi” ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismailova ishtirokida Andijon shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Qizlar davrasi” ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida oila qadriyatlari va qizlar tarbiyasi, xotin-qizlar huquqlari, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish mavzularida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ishtirokchilar mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ma’naviy kamolot va kitobxonlikni keng targ‘ib etish yuzasidan fikr almashdilar.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi yoshlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bunday tadbirlarni izchil qo‘llab-quvvatlaydi.

Slide 1 of 5