Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

24 ta tavsiya ijrosi amalda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya ijrosi doirasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Isroilova "Barkamol" MFYda bo‘lib, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida mahallada jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularni tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat tomonidan mazkur yo‘nalishlarda ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1