Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qo‘shtepa mahallasida yo‘l ta’mirlash ishlari o‘rganildi

#24_ta_masala

Qo‘shtepa mahallasida yo‘l ta’mirlash ishlari o‘rganildi

☯️Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati K.Jo‘rayev tomonidan Qo‘shtepa mahallasi hududida amalga oshirilayotgan ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

☯️O‘rganish davomida asfalt yotqizish jarayonining sifati, ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda aholining transport harakati uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, pudratchi tashkilot mas’ullari bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazilib, qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

☯️Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini deputatlik nazorati asosida o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube