Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova "O‘rikzor" mahallasida bo‘lib, joriy oy sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan "O‘rikzor" oilaviy shifokorlik punkti filialida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, mavjud sharoitlar hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🤝 Aholining salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish doimiy e'tiborda.