Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Shokirova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Utegenov mahallada bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Yoshlar bandligini ta’minlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tizimli ishlar — jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.