Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Adolat" SDP fraksiyasi a'zosi Gulnoraxon Abduvohidova hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Qosimjon Qayumov Andijon shahridagi Sherali Jo‘rayev nomidagi san'at va madaniyat maktabi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ta'lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoni sifati, moddiy-texnik baza hamda yosh iste'dodlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasa rahbariyati va pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud imkoniyatlar, ehtiyojlar hamda sohani yanada rivojlantirishga oid takliflar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida bildirilgan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar belgilash zarurligi ta'kidlandi.