Yangiliklar

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi huzurida yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi huzurida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Kengash raisi tomonidan deputatlarga aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rganish, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ishlash hamda aniqlangan muammolarni mahalla darajasida hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, “Ish yuritish” daftaridan samarali foydalanish, 24 ta tavsiya hamda 96 ta qonun ijrosi asosida ish olib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Yig‘ilishda kotibiyat mudiri, mutaxassislar hamda doimiy komissiyalar raislari ishtirok etdi.

Maqsad — aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va muammolarni joyida hal etish tizimini yanada kuchaytirish.

Slide 1 of 2