Yangiliklar

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Aziz bolajonlar!

Sizlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Farzandlarimizning baxtli va sog‘lom voyaga yetishi, zamonaviy bilim va tarbiya olishi, o‘z iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi jamiyatimizning eng ustuvor vazifalaridan biridir.

Yurtimizning ertangi kuni bo‘lgan siz aziz bolalarga mustahkam sog‘lik, quvonchga boy bolalik, o‘qish va ijodingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har bir xonadonda bolalar kulgusi yangrab, qalblarda ezgulik va mehr-muhabbat hukm sursin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!