Yangiliklar

Uchrashuvdan so‘ng "Abdulla Avloniy" mahallasidagi obodonchilik ishlari o‘rganildi

Bugungi kunda "Abdulla Avloniy" mahallasida aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

💬Xususan:

🟢Fasad qismlarini yangilash: Hududdagi ko‘p qavatli uy-joylarning tashqi ko‘rinishi (fasad qismlari) zamonaviy va milliy me’morchilik andozalari asosida yangi qiyofaga keltirilmoqda;

🟢Atrof-muhit obodonchiligi: Uylar atrofi, yo‘laklar va maysazorlarni tartibga keltirish, obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay va shinam yashash muhitini yaratish ishlari jadal olib borilmoqda.

🫥Deputatlik nazorati faqatgina muammolarni eshitish emas, balki ularning amaliy yechimini hamda mahallalarimiz obodligini joyida ko‘zdan kechirishdir!

Slide 1 of 3