Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Umarov tomonidan Andijon shahridagi “Al-Buxoriy” MFYda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflar yuzasidan murojaatlar bildirdilar.

Bildirilgan masalalarni atroflicha o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Yoshlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolariga yechim topish doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 3