Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 7-“Islomobod” saylov okrugi hududida joylashgan “Taraqqiyot” MFYda yashovchi fuqarolar murojaati o‘rganildi.
Mazkur murojaatda Kengash kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov, deputat X.Xolmatov, kotibiyat mutaxassisi Sh.Yusupov hamda mahalla hokim yordamchisi D.Sattarova ishtirok etdi.
O‘rganish davomida, baxtsiz hodisa tufayli fuqarolarning yashash xonadonlari yong‘indan zarar ko‘rganligi aniqlanib, ularni tiklashda amaliy yordam so‘raldi.
Shunga ko‘ra, ijtimoiy daftarlardan yordam ko‘rsatish maqsadida Andijon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlari markaziga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.