Yig‘ilish davomida hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Mutasaddilar tomonidan mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, aholining dolzarb muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda joylarda tizimli nazoratni kuchaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.