Deputat tomonidan olib borilayotgan faoliyat doirasida fuqarolar bilan bevosita muloqotlar tashkil etilib, uyma-uy yurish orqali har bir xonadon kesimida mavjud muammolar o‘rganilmoqda hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, hududlarda tomorqalardan samarali foydalanish, xonadonlarda issiqxonalar tashkil etish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratib kelayotgan ilg‘or aholi vakillariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday tashabbuskor fuqarolarga minnatdorlik bildirilib, ularning tajribasi boshqa xonadonlar uchun namuna sifatida targ‘ib etilmoqda.
Mazkur yondashuv nafaqat mavjud muammolarni hal etish, balki aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda hududlarda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan bunday manzilli va rag‘batlantiruvchi ishlar fuqarolar faolligini oshirish, ularni o‘z hududi rivojiga daxldorlik hissini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.