Deputat saylovchilar oldida axborot berdi
✍️Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining deputati F.Raximova tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan:
🔹 o‘tgan davr mobaynida olib borilgan ishlar
🔹 hududdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari
🔹 saylovchilar murojaatlari asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar
yuzasidan batafsil axborot berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda ajrimlar ajrim yoqasiga kelib qolganlar hamda qaynona kelin o'rtasidagi munosabat to'g'risida fikr va takliflar bildirildi.
➡️Mazkur uchrashuv saylovchilar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, aholining fikr va takliflarini inobatga olish hamda deputatlik faoliyatining ochiqligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.