Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati faoliyatini samarali tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiyaning 4-bandi ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Yoshlar maslahat” guruhi faoliyatini jonlantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mahallada o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiyaning 6-bandi ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
HAMKORLIK MEMORANDUMI AMALDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Doimiy komissiya yig‘ilishi

 📌 Doimiy komissiya yig‘ilishi: muhim masalalar muhokamada 

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Bekniyazov Baxramjon Kamiljonovich boshchiligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

💬 Yig‘ilish davomida hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosining bugungi holati ko‘rib chiqilib, ularni samarali nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

📊 Shuningdek, tuman Investitsiya bo‘limi bosh mutaxassisi S. Masharipov tomonidan nazorat rejasiga kiritilgan loyihalarning:

▪️ bugungi holati

▪️ amalga oshirish jarayoni

▪️ belgilangan vazifalar ijrosi 

yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. 

👤 Yig‘ilishda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman apparat rahbari A. Aytmuratov ham so‘zga chiqib, startap tadbirkorlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda biznes rejalar ishlab chiqishda ko‘mak berish imkoniyatlari mavjudligini ta’kidladi. 

📌 Yig‘ilish yakunida tumandagi investitsion loyihalar ijrosini yanada samarali tashkil etish maqsadida:

▪️ loyihalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish

▪️ tadbirkorlar bilan bevosita ishlash

▪️ infratuzilma holatini tahlil qilish bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan tizimli ishlar olib borilishi belgilandi.  

Slide 1 of 3