Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev raisligida doimiy komissiya raisi va a’zolari hamda O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi bilan hamkorlikda qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.To‘ychiyeva tomonidan Andijon shahri Jumabozor MFY hududida o‘rganish ishlari tashkil etildi. Mazkur o‘rganishda mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, mahalla raisi hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov faol ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, viloyat Kengashi deputati N.To‘ychiyeva hamda Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov ishtirokida Jumabozor MFY hududidagi Matqosimov ko‘chasida joylashgan yo‘lning holati bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
#PQ_62 #jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya
янв.21
#PayshanbaYoshlarKuni #AndijonYoshlarDay #ChimUstidaHokkey
янв.21
#PayshanbaYoshlarKuni #AndijonYoshlarDay #ChimUstidaHokkey “PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA “VAZIR KUBOGI” SOVRINDORI BOʻLGAN TALABA-QIZLAR TANTANALI TAQDIRLANDI
янв.21
Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
#deputat_soʻrovi #deputatlik_faoliyati #jamoatchilik_munosabati #24_tavsiya #Andijon_shahar
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon shahar 4-son texnikumida Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov tomonidan bugun Yoshlar kuni munosabati bilan shahrimiz yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqoti tashkil etildi.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri ish rejasi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri ish rejasi  

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyatida ish samaradorligini oshirish va deputatlar faoliyatini tizimli tashkil etish bo‘yicha kunlik vazifalar ijrosi ta’minlanmoqda:

Intizom va taqsimot: Xodimlarning ishga o‘z vaqtida kelishi, E-Kengash va EDO tizimi orqali kelgan xatlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda har bir xodimga aniq vazifalar yuklatilishi nazoratga olish.

Hududiy o‘rganishlar: Tasdiqlangan grafik asosida deputat okruglariga chiqilib, 24 ta muhim masala yuzasidan o‘rganishlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, deputatlarning "ko‘chama-ko‘cha" aylanish jurnallari yuritilishi monitoring qilib borilmoqda.

Natijadorlik: Kotibiyat mudiri tomonidan ishi sust bo‘lgan okruglarni namunali holatga keltirish, deputatlar faoliyatini keng jamoatchilikka yoritish va kun yakuni bo‘yicha monitoring ishlari olib borilmoqda.

Asosiy maqsad — deputatlik nazoratini kuchaytirish orqali aholi muammolarini hal etish va ijro intizomini yuqori darajada ushlashdir.