5-APREL – MADANIYAT VA SAN’AT XODIMLARI KUNI MUBORAK!
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi barcha Madaniyat va san’at sohasida mehnat qilayotgan fidoyilarni kasb bayrami bilan samimiy qutlaydi!
Sizning ijodingiz — xalqimiz ma’naviyatining ko‘zgusi, qalblarga quvonch va ilhom beruvchi bebaho boylikdir. Milliy san’atimizni yuksaltirishdagi zahmatli mehnatingiz uchun tashakkur bildiramiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va yangi ijodiy yutuqlar tilaymiz. E’tirof va ehtirom doimo hamrohingiz bo‘lsin!