Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Andijon #deputat_soʻrovi_javobi #deputatlik_faoliyati #jamoatchilik_munosabati #PF_185 Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yuborilgan deputatlik so‘roviga asosli ma'lumotlar taqdim etildi.
янв.21
#Andijon_shahar #BarkamolMFY #SoglomTurmushTarzi #5000Qadam #SoglomAvlod #deputatlik_faoliyati Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 4-Shohbekat saylov okrugi deputati T.Israilova tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar aholi o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otib, keng jamoatchilik tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.
янв.21
#Andijon #ShaharKengashi #XalqDeputatlari #Yigʻilish #IjroIntizomi #FuqarolarMurojaati #MahalliyKengash 🔹 Andijon shahar Kengashida ustuvor vazifalar belgilab olindi
янв.21
#Kengash_faoliyati #Andijon_shahar #deputat_faoliyati #D_Rahmatullayeva #24_tavsiya #KQ_35 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 3-Andijon saylov okrugi deputati D. Rahmatullayeva Andijon shahridagi “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.
янв.21
#Kengash_faoliyati #Andijon_shahar #deputat_faoliyati #D_Rahmatullayeva #24_tavsiya #KQ_35 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Rahmatullayeva tomonidan 3-Andijon saylov okrugiga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
#Kengash_faoliyati #deputat_faoliyati #jamoatchilik_nazorati #Andijon #24_tavsiya #96_qonun Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G. Ismoilova tomonidan hafta davomida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar doirasida mudofaa tizimida xizmat qilayotgan yoshlar, pedagogika va qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek yuridik hamda pedagogika texnikumlari o‘quvchilari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev raisligida doimiy komissiya raisi va a’zolari hamda O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi bilan hamkorlikda qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.To‘ychiyeva tomonidan Andijon shahri Jumabozor MFY hududida o‘rganish ishlari tashkil etildi. Mazkur o‘rganishda mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, mahalla raisi hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov faol ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, viloyat Kengashi deputati N.To‘ychiyeva hamda Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov ishtirokida Jumabozor MFY hududidagi Matqosimov ko‘chasida joylashgan yo‘lning holati bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.
Sayyor qabul natijasi - muammolar joyida tahlil qilindi va takliflar berildi

Sayyor qabul natijasi - muammolar joyida tahlil qilindi va takliflar berildi

Davlatobod MFYda o‘tkazilgan sayyor qabulda 490-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati, Kengash raisi Jafar Ismanovning “Davlatobod” MFYda o‘tkazilgan sayyor qabuli davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida manzilli o‘rganish ishlari tashkil etildi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov, Byudjet komissiyasi raisi J.Karimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abilovlar ishtirok etdi.

O‘rganishlar jarayonida okrug hududida joylashgan 490-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bugungi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, muassasada 2018 va 2022-yillarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, mavjud infratuzilma bugungi talab darajasiga to‘liq javob bermaydi. Hozirgi kunda bog‘chaga 180 nafar bola qatnamoqda, biroq navbatda turgan bolalar soni 500 nafardan ortiqni tashkil etayotgani hududda maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Tahlil davomida muassasa binosining ayrim qismlarida kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Xususan, deraza romlari eskirgani sababli ularni yangilash zarurati mavjud, tom qismi esa eski shifer qoplamadan iborat bo‘lib, bu kelgusida noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, hududni o‘rab turgan panjaralar ham eskirgan bo‘lib, xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermaydi.

Mazkur holatlar muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish zarurligini ko‘rsatdi. Shu asosda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda qo‘shimcha quvvatlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Yakuniy xulosa sifatida ushbu masalani belgilangan tartibda Kengashning tegishli doimiy komissiyasi kun tartibiga kiritish hamda tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqish taklif etildi. Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganilib, har bir masala yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 7