“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan va ekilayotgan ko‘chatlar holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati O.Aliqulov tomonidan Oqoltin tumani “Shodlik” mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan ko‘chatlar holati joyiga chiqib o‘rganildi. Ko‘chat ekish bo‘yicha fuqarolarga tegishli tavsiyalar berildi.
Tashrif davomida ko‘chatlarni o‘z vaqtida sug‘orish, ularni asrab-avaylash, qurib qolishining oldini olish hamda hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli ravishda tashkil
etish muhim ekanligi ta’kidlandi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati