#deputatlik_faoliyati #volontyorlar #ochiq_muloqot
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida volontyorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🌟 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida volontyorlik harakatini rivojlantirish hamda yoshlarni ijtimoiy jarayonlarga keng jalb etish maqsadida volontyorlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon viloyat hokimining volontyorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Dadajonov hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Q.Raxmonovlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida institutda amalga oshirilayotgan volontyorlik faoliyati, ijtimoiy, ekologik, sport, media va xayriya yo‘nalishidagi loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, volontyorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.