Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari, “Kosari” MFY “mahalla yettiligi” hamda korxona va tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvda fuqarolar tomonidan ishga joylashtirish, uy-joy taʼmiri, oilaviy munosabatlar, obodonlashtirish masalalari boʻyicha 6 ta murojaatlar kelib tushdi. Muammolar boʻyicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar koʻrilishi boʻyicha topshiriqlar berilib, fuqarolarga esa huquqiy tushunchalar berildi.