Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari, “Xajuvon” MFY “mahalla yettiligi” hamda korxona va tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvda fuqarolar tomonidan hududda oʻtkazilgan ichimlik suvi holati toʻgʻrisida, hududdagi qishloq vrachlik punktida qoʻshimcha xonalar ochish, ichki yoʻllarni asfaltlashtirish yuzasidan 10 ga yaqin muammolar va murojaatlar kelib tushdi. Muammolar boʻyicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar koʻrilishi boʻyicha topshiriqlar berilib, fuqarolarga esa huquqiy tushunchalar berildi.