Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari, “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Vobkent tuman vakili, “Quruvchi” MFY “mahalla yettiligi” hamda korxona va tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvda fuqarolar tomonidan hududdagi ichki koʻchalarni asfaltlashtirish, suv tortish, gaz, yoʻl belgisini oʻrnatish, piyodalar yoʻlagini tashkil etish masalalari yuzasidan 8 ga yaqin muammolar va murojaatlar kelib tushdi. Muammolar boʻyicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar koʻrilishi boʻyicha topshiriqlar berilib, fuqarolarga esa huquqiy tushunchalar berildi.