Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati A.Medetova tomonidan “Xalqlar do‘stligi” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida:
• uylarning ichki yo‘laklari holati,
• yerto‘lalarning tozaligi va sanitar holati,
• atrof hududlarning obodonlashtirilishi,
• yoritish tizimining mavjudligi va samaradorligi
atroflicha ko‘zdan kechirildi.
💡 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
🤝 Obod mahalla — farovon hayot garovi!