Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi Deputati M. Jalolov Andijon shahridagi 6-umumiy ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi – 2026-yil Mart oyi ish rejasi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayol deputatlar uchun kichik bayramona tadbir tashkil etildi.
янв.21
Andijon shahar 4-son texnikumida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Umarov tomonidan Al-Buxoriy MFY hududida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
#yoshlar_day #faolyoshlar
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi salomatligini muhofaza qilish 🏥, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat. Shu maqsadda belgilangan tavsiyalar asosida Andijon viloyatidagi "Andijon viloyat Ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi" ga deputatlar guruhi bilan o‘rganish va amaliy tanishuv tashrifi amalga oshirildi.
янв.21
ANDIJON SHAHRINING Z.M. BOBUR MFY HUDUDIDA “ESKI SHAHAR” USLUBIDA BARPO ETILADIGAN HUNARMANDLAR KO‘CHASI BO‘YICHA TAKLIFIY LOYIHA ISHLAB CHIQILDI
янв.21
🏫 Andijon davlat texnika institutida volontyor yoshlar bilan ochiq muloqot.
Deputat uchrashuvi

 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda aholini qiynayotgan ijtimoiy masalalar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llar holati, kommunal xizmatlar sifati, yoshlar bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar yuzasidan taklif va fikrlarini bildirdilar.

Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Allaerov Sobirjon Baxtiyorovich har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, saylovchilar o‘z muammolariga yechim topish yo‘lida bunday uchrashuvlar muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Deputat bunday uchrashuvlar muntazam ravishda davom ettirilib, aholi bilan doimiy muloqotni mustahkamlashga xizmat qilishini bildirdi. 

Slide 1 of 4