Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev raisligida doimiy komissiya raisi va a’zolari hamda O‘zLiDeP Andijon shahar Kengashi bilan hamkorlikda qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N.To‘ychiyeva tomonidan Andijon shahri Jumabozor MFY hududida o‘rganish ishlari tashkil etildi. Mazkur o‘rganishda mahalla yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim, mahalla raisi hamda shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov faol ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati mudiri, viloyat Kengashi deputati N.To‘ychiyeva hamda Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov ishtirokida Jumabozor MFY hududidagi Matqosimov ko‘chasida joylashgan yo‘lning holati bevosita joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
#PQ_62 #jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya
янв.21
#PayshanbaYoshlarKuni #AndijonYoshlarDay #ChimUstidaHokkey
янв.21
#PayshanbaYoshlarKuni #AndijonYoshlarDay #ChimUstidaHokkey “PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA “VAZIR KUBOGI” SOVRINDORI BOʻLGAN TALABA-QIZLAR TANTANALI TAQDIRLANDI
янв.21
Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
#deputat_soʻrovi #deputatlik_faoliyati #jamoatchilik_munosabati #24_tavsiya #Andijon_shahar
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan Andijon shahar 4-son texnikumida Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov tomonidan bugun Yoshlar kuni munosabati bilan shahrimiz yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqoti tashkil etildi.
Qo‘shko‘pir tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Qo‘shko‘pir tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Shuxrat Axmedov deputatlikka saylangan hudud — Xosiyon mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda tuman prokurori Bobirbek Matrasulov ham ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflar yuzasidan murojaatlarini bayon qildilar. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa tegishli mutasaddi tashkilot va idoralarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish hamda joylarda dolzarb masalalarga tezkor yechim topishga xizmat qildi.

Slide 1 of 1