#PayshanbaYoshlarKuni #AndijonYoshlarDay #ChimUstidaHokkey
“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA “VAZIR KUBOGI” SOVRINDORI BOʻLGAN TALABA-QIZLAR TANTANALI TAQDIRLANDI
🏑Chim ustida xokkey “Vazir kubogi” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan talaba qizlarimiz Talabalar turar joyida tantanali taqdirlandi.
🏆2026-yil 7-9 aprel kunlari Toshkent shahrida sportning chim ustida hokkey turi boʻyicha talabalar oʻrtasida Vazir kubogi musobaqasi hamda Oʻzbekiston ayollar oʻrtasida 2-tur oliy ligasidagi faol ishtiroki uchun Andijon davlat chet tillari institutining chim ustida hokkey terma jamoasi Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, chim ustida hokkey sporti bosh murabbiysi R.Axmadulin tomonidan tantanali taqdirlandi.