Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi Deputati M. Jalolov Andijon shahridagi 6-umumiy ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi – 2026-yil Mart oyi ish rejasi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayol deputatlar uchun kichik bayramona tadbir tashkil etildi.
янв.21
Andijon shahar 4-son texnikumida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Umarov tomonidan Al-Buxoriy MFY hududida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
#yoshlar_day #faolyoshlar
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi salomatligini muhofaza qilish 🏥, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat. Shu maqsadda belgilangan tavsiyalar asosida Andijon viloyatidagi "Andijon viloyat Ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi" ga deputatlar guruhi bilan o‘rganish va amaliy tanishuv tashrifi amalga oshirildi.
янв.21
ANDIJON SHAHRINING Z.M. BOBUR MFY HUDUDIDA “ESKI SHAHAR” USLUBIDA BARPO ETILADIGAN HUNARMANDLAR KO‘CHASI BO‘YICHA TAKLIFIY LOYIHA ISHLAB CHIQILDI
янв.21
🏫 Andijon davlat texnika institutida volontyor yoshlar bilan ochiq muloqot.
"Xastimom" mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi

 Olmazor tumani "Xastimom" mahallasi hududida xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 23-“Zarqaynar” okrugi deputati Ismoil Sagdullayev va MFY raisi hamda mahalla yettiligi hamkorligida aholi bilan navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning kundalik hayoti, ijtimoiy sharoiti hamda infratuzilmani yaxshilashga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, mahalladagi eski bolalar maydonchasini yo‘l qismini ta'mirlash hamda mahalla hududida to‘planib qolgan shox-shabba va turli chiqindilarni bartaraf etish bo‘yicha murojaatlar bildirildi. 

Xalq vakili tomonidan mazkur masalalar yuzasidan ijobiy choralar ko‘rish bo‘yicha nazorat o‘rnatilishi maʼlum qilindi.

Slide 1 of 6