Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi Deputati M. Jalolov Andijon shahridagi 6-umumiy ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi – 2026-yil Mart oyi ish rejasi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayol deputatlar uchun kichik bayramona tadbir tashkil etildi.
янв.21
Andijon shahar 4-son texnikumida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Umarov tomonidan Al-Buxoriy MFY hududida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
#yoshlar_day #faolyoshlar
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi salomatligini muhofaza qilish 🏥, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat. Shu maqsadda belgilangan tavsiyalar asosida Andijon viloyatidagi "Andijon viloyat Ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi" ga deputatlar guruhi bilan o‘rganish va amaliy tanishuv tashrifi amalga oshirildi.
янв.21
ANDIJON SHAHRINING Z.M. BOBUR MFY HUDUDIDA “ESKI SHAHAR” USLUBIDA BARPO ETILADIGAN HUNARMANDLAR KO‘CHASI BO‘YICHA TAKLIFIY LOYIHA ISHLAB CHIQILDI
янв.21
🏫 Andijon davlat texnika institutida volontyor yoshlar bilan ochiq muloqot.
Baxmal tumanida intensiv bog‘lar barpo etish ishlari davom etmoqda

Baxmal tumanida intensiv bog‘lar barpo etish ishlari davom etmoqda

Davlatimiz raxbarining “2026–2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Baxmal tumanida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish va eski bog‘larni yangilash ishlari olib borilmoqda.

Hozirda tumandagi 17 ta mahalla hududida jami 1500 gektar eski bog‘lar o‘rnida zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etish rejalashtirilgan.

Joriy mavsumda 1500 gektar maydonda yangilash ishlari davom etmoqda.

Yangilanayotgan maydonlarda yuqori hosildor, eksportbop olma va nok navlari ekilib, zamonaviy agrotexnologiyalar qo‘llanilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A. Ergashev va N.Abduaxatovlar hududlarda bo‘lib, ishlar borishi bilan tanishdi hamda yer maydonlaridan samarali foydalanish va sifatga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 4