Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputatlik_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi #ochiq_muloqot Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan “Yoshlar maqsadi va g‘oyalarini himoya qilishda jamoatchilik vazifalari” mavzusida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
#deputatlik_faoliyati #volontyorlar #ochiq_muloqot Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida volontyorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
#3_avlod_uchrashuvi #deputatlik_faoliyati #ochiq_muloqot Uch avlod uchrashuvi – tajriba va kelajak muloqoti Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari U.Shokirov va M.Buvabekov hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida Andijon shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi Deputati M. Jalolov Andijon shahridagi 6-umumiy ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi – 2026-yil Mart oyi ish rejasi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayol deputatlar uchun kichik bayramona tadbir tashkil etildi.
янв.21
Andijon shahar 4-son texnikumida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Umarov tomonidan Al-Buxoriy MFY hududida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Saylov okrugidagi ekologik holat deputat nazoratida

Kuni kecha xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi rahbari B.Elboyev o‘z saylov okrugida o‘tkazgan navbatdagi o‘rganishlari davomida aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan noxush holatga duch kelgan edi.

O‘rganishlar davomida hududda axlat uyumlari yig‘ilib qolgani, bu esa atrof-muhit musaffoligiga putur yetkazish bilan birga, sanitariya-epidemiologik vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi.

Mazkur muammoni zudlik bilan bartaraf etish va hududni chiqindilardan tozalash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish maqsadida, deputat tomonidan tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga 2026-yil 20-fevral sanasi bilan rasmiy 16-ds-350-26-sonli Deputat so‘rovi yuborildi.