Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputatlik_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi #ochiq_muloqot Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Jalolov tomonidan 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan “Yoshlar maqsadi va g‘oyalarini himoya qilishda jamoatchilik vazifalari” mavzusida mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
#deputatlik_faoliyati #volontyorlar #ochiq_muloqot Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida volontyorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
#3_avlod_uchrashuvi #deputatlik_faoliyati #ochiq_muloqot Uch avlod uchrashuvi – tajriba va kelajak muloqoti Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari U.Shokirov va M.Buvabekov hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida Andijon shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi Deputati M. Jalolov Andijon shahridagi 6-umumiy ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi – 2026-yil Mart oyi ish rejasi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayol deputatlar uchun kichik bayramona tadbir tashkil etildi.
янв.21
Andijon shahar 4-son texnikumida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Umarov tomonidan Al-Buxoriy MFY hududida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Kengash_faoliyati

DEPUTATLIK NAZORATI 

Aholini bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Xolmatova tomonidan Bandixon tuman Tibbiyot Birlashmasi Tangimush oilaviy oilaviy shifokorlik punkitida nazorat-tahlil tadbiri olib bordi.

Oʻrganish davomida Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi,

 bepul dorilar bilan ta’minlanish darajasi hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy ehtiyojmand qatlamga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil etildi.

Oʻrganish davomida Bandixon tuman Tangimush oilaviy oilaviy shifokorlik punkitida Sog‘liqni saqlash vazirining 13.10.2023 y. 41-son "O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va stasionar sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini tasdiqlash haqida"gi Buyrug‘i asosida 87-turdagi bepul dori-darmonlar berililishi ta'kidlandi.

Oʻrganish natijasida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha deputat tomonidan tibbiyot mutasaddilariga tushuncha va tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 9