Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi Deputati M. Jalolov Andijon shahridagi 6-umumiy ta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etdi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi – 2026-yil Mart oyi ish rejasi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayol deputatlar uchun kichik bayramona tadbir tashkil etildi.
янв.21
Andijon shahar 4-son texnikumida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Umarov tomonidan Al-Buxoriy MFY hududida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
#yoshlar_day #faolyoshlar
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi salomatligini muhofaza qilish 🏥, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat. Shu maqsadda belgilangan tavsiyalar asosida Andijon viloyatidagi "Andijon viloyat Ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi" ga deputatlar guruhi bilan o‘rganish va amaliy tanishuv tashrifi amalga oshirildi.
янв.21
ANDIJON SHAHRINING Z.M. BOBUR MFY HUDUDIDA “ESKI SHAHAR” USLUBIDA BARPO ETILADIGAN HUNARMANDLAR KO‘CHASI BO‘YICHA TAKLIFIY LOYIHA ISHLAB CHIQILDI
янв.21
🏫 Andijon davlat texnika institutida volontyor yoshlar bilan ochiq muloqot.
#jarayon

NURAFSHONDA “ADLIYA KUNI”: MUAMMOLARGA YECHIM VA HUQUQIY KO‘MAK

Nurafshon shahar "Nurafshon" MFYda shahar adliya bo‘limi hamda Shahar Kengashi deputati, “Madad” NNT xodimlari ishtirokida navbatdagi “Adliya kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish va muammolarini joyida hal etishga asosiy e’tibor qaratildi:

Sayyor qabul: Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 7 nafar shaxsga joyida huquqiy tushuntirish berildi.

Davlat xizmatlari: 3 nafar fuqaroga uydan chiqmagan holda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Ishtirokchilarga yangi qabul qilingan muhim hujjatlar, xususan:

O‘RQ-937-son qonuni;

Prezidentimizning PQ-1-son qarori;

“Mulk huquqlari kafolatlari” to‘g‘risidagi yangiliklarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, flayerlar tarqatildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan oilaviy nizolarning oldini olish, “Oila muqaddas”, “Farzand tarbiyasi — buyuk mas’uliyat” mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Ajrimlarning salbiy oqibatlari haqida hayotiy misollar keltirildi.

Slide 1 of 5