Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Мардлар қўриқлайди Ватанни" мавзусида тадбир ўтказилди.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida yangi saylangan tuman (shahar) Kengashi raislari ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari 16-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi Doimiy komissiya a'zolarining navbatdagi muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси кабул қилинган куннинг 33 йиллигига.
янв.21
3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Andijon shahrida bayram tadbiri tashkil etildi.
янв.21
3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni
янв.21
3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni.
янв.21
Dual taʼlimda quvonchli natija 🌟
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 3-Navro‘z saylov okrugi deputati Xasan Kuldashev "Uchturgon" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida murojaat bilan kelgan aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mahallada mavjud muammolar mahalla raisi bilan birgalikda muhokama qilindi.

Shuningdek, "Quvonch" ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Toshpo‘latova hamda "Uchturgon" ko‘chasida istiqomat qiluvchi II-guruh nogironi G.Xolboyevalarning murojaatlari qabul qilinib, ularning masalalarini hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, deputat "Oydi hayot" ko‘chasi 6-uyda yashovchi fuqaro U.Xo‘jamqulovning murojaati bo‘yicha joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Tashrif davomida "Uchturgon" mahallasi hududida qurilayotgan 3-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi (MTM) qurilish ishlari bilan ham tanishildi. Quruvchi tashkilot rahbari M.Maxmudov tomonidan qurilish jarayonining borishi va topshirish muddati haqida ma’lumot berildi. Hozirda binoda pardozlash ishlari olib borilayotgani, faqat issiqlik tizimi qolganligi hamda bog‘chani Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 5