Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ganiyeva tomonidan Andijon tumani ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
янв.21
Andijon viloyati Kengashining 16-Ulug‘nor saylov okrugi deputati G. Bobojonova tomonidan Obod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Ismoilova hududlarda o'rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Senator K.Burxanov tomonidan Andijon viloyatida 13-yalpi majlis muhokamasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati X.Xalilova Qorasuv shahrida og‘ir toifadagi ruhiy va narkologik bemorlar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi Raisi huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining oltinchi chaqiriq bir yuz sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

 2024-yilning 3-may kuni tuman hokimligi
majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi bir yuz sakkizinchi sessiyasi
boʻlib oʻtdi.
 

Sessiyada 29
nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 22
nafari
ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga koʻra 7 nafar deputat qatnashmadi.
 

Sessiyaga ommaviy axborot
vositalari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.
 

Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashi
kotibiyati mudiri R.Magripova ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi
saylab olindi. Sessiya kotibi etib 30-Qarnab saylov okrugidan saylangan deputat
Begmatov Uchqun Ravshanovich bir ovozdan saylandi.
 

Shundan soʻng deputatlar tomonidan sessiya kun
tartibi maʼqullandi. Sessiyada 5 ta masala koʻrib chiqildi.
 

Kun tartibidagi birinchi masala tuman
mahalliy budjetining 2024-yil 1-chorak davomida daromadlar prognoz rejasidan
ortig‘i bilan bajarilgan qismi va
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni
sotishdan tushgan tushumi hisobidagi mablag‘laridan samarali foydalanish hamda
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga
yo‘naltiriladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida
tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulovning
taklifi
eshitildi. Taklif
muhokama qilindi va bir ovozdan tasdiqlandi.
 

Kun tartibidagi ikkinchi masala O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi
muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va
senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi taklif muhokama
qilindi. Unda tuman Kengashi deputatlari tegishli saylov
okruglaridagi mahallalarga biriktirildi.
 

Kun tartibidagi navbatdagi masala Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar
muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
5-bosqich “Ayollar daftari”ga tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 4002 nafar
xotin-qizlarni kiritish va yo‘l xaritasini tasdiqlash masalasi yuzasidan tuman
hokimining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi
I.Jurakulovaning taklifi to‘g‘risida
”gi
VI-104-28-7-102-K/24-sonli Qaroriga o‘zgartirish kiritish
to‘g‘risidagi
taklif muhokama qilindi va texnik xato tufayli ikki marta “Ayollar daftari”ga
kiritilgan xotin-qizlar tegishli mahallalardan ehtiyojmand xotin-qizlar o‘rniga
almashtirildi.
 

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala tuman hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi
boshlig‘i I.Juraqulovaning hisoboti
eshitildi. Unda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 3-toifa “Boquvchisi bo‘lmagan
ehtiyojmand 800 nafar xotin-qizlarga
bir
martalik moddiy yordam ajratilganligi aytib o‘tildi.
 

Kun tartibidagi so‘nggi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom
taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish”
(2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-141-sonli qarori 18-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni
tasdiqlash to‘g‘risida taklif eshitildi hamda tuman hokimining o‘rinbosari
S.Qilichevning taklifiga binoan “Yo‘l xaritasi” bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi
va tasdiqlandi.
  

Slide 1 of 7