Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ganiyeva tomonidan Andijon tumani ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
янв.21
Andijon viloyati Kengashining 16-Ulug‘nor saylov okrugi deputati G. Bobojonova tomonidan Obod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Ismoilova hududlarda o'rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati X.Xalilova Qorasuv shahrida og‘ir toifadagi ruhiy va narkologik bemorlar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Senator K.Burxanov tomonidan Andijon viloyatida 13-yalpi majlis muhokamasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi Raisi huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
MUNOSABAT

Munosabat 

Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 2026-yilgi Davlat dasturi mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarini qamrab olgan, eng avvalo, inson salomatligi va farovonligini ustuvor maqsad sifatida belgilagan strategik hujjatdir. Unda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil nafaqat shior, balki amaliy harakat dasturi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 2026-yilda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Davlat dasturi mamlakat ta’lim tizimini tubdan yangilash, uni zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu dastur yurtimizda inson kapitali salohiyatini oshirish, yoshlarni bilimli va raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlashni ustuvor vazifa sifatida belgilaydi. Dastur doirasida maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini yaxshilash hamda oliy ta’lim imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, chekka hududlarda yangi maktablar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, zamonaviy laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va interaktiv doskalar bilan ta’minlash ishlari jadallashtirilmoqda. Bu esa ta’lim jarayoni
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
2026-yil Davlat dasturida o‘qituvchilar malakasini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib , pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini kuchaytirish, ularni xalqaro tajribalar asosida qayta tayyorlash va rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Chunki sifatli ta’lim - avvalo malakali o‘qituvchi demakdir. Shuningdek, raqamli ta’limni rivojlantirish muhim yo‘nalish sifatida belgilangan. Elektron darsliklar, onlayn platformalar va masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish orqali barcha o‘quvchilar uchun teng sharoit yaratish maqsad qilingan. Bu ayniqsa, chekka va qishloq hududlaridagi bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’lim sohasida esa universitetlarning akademik mustaqilligini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash vazifalari belgilangan. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish, dual ta’lim tizimini rivojlantirish hamda mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xulosa qilib aytganda, 2026-yil Davlat dasturi ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, uning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu islohotlar natijasida bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar avlodi shakllanishi kutilmoqda. Zero, yurt kelajagi - bilimli yoshlar qo‘lidadir. Biz, deputatlar Davlat dasturida belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlashni o‘z oldimizga ustuvor maqsad qilib qo‘yganmiz. Har bir hududda
amalga oshirilayotgan ishlar, ajratilayotgan mablag‘larning manzilli sarflanishi, aholi roziligi - doimiy parlament nazoratida bo‘ladi. Zero, Davlat dasturining haqiqiy samarasi hisobotlarda emas, balki odamlar hayotida namoyon bo‘lishi kerak. Agar har bir oila ta’lim xizmatlardan rozi bo‘lsa, har bir ona farzandi ilm olib, kasb o‘rgansa kelgusida jamiyatga hissa qo‘shadigan yoshlar o‘sib-ulg‘ayganini ko‘rsa - demak, maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.
2026-yilgi Davlat dasturi ta’lim sohasida tub burilish yasaydigan, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat siyosati darajasiga ko‘targan tarixiy hujjatdir. Uning markazida - inson, uning hayoti va baxtli kelajagi turadi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi O‘zXDP deputati Z.Abdullayeva  

Slide 1 of 1