Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ganiyeva tomonidan Andijon tumani ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
янв.21
Andijon viloyati Kengashining 16-Ulug‘nor saylov okrugi deputati G. Bobojonova tomonidan Obod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Ismoilova hududlarda o'rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Senator K.Burxanov tomonidan Andijon viloyatida 13-yalpi majlis muhokamasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati X.Xalilova Qorasuv shahrida og‘ir toifadagi ruhiy va narkologik bemorlar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi Raisi huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Deputat — xalq dardi bilan yashayotgan vakil

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalq manfaatlariga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, mahalliy davlat hokimiyati tizimida vakillik va ijro hokimiyatini aniq ajratish, deputatlarning joylardagi roli va mas’uliyatini oshirish yo‘lida tashlangan qadamlar xalq hokimiyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu hujjat deputatlarni xalq bilan yanada yaqinlashtirib, ularni aholi muammolarini joyida o‘rganib, amaliy yechimlar taklif etayotgan haqiqiy vakil sifatida namoyon etmoqda.

Xususan, Toyloq tumani Kengashi deputatlari mazkur qaror ijrosi doirasida mahallalarda bo‘lib, aholi murojaatlarini atroflicha o‘rgandilar. E’tiborli jihati shundaki, deputatlar faqat muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanib qolmasdan, ularni hal etish bo‘yicha aniq va manzilli takliflar ishlab chiqdilar. Natijada 10 nafar deputat tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar yechimi uchun amaliy choralar belgilandi.

Deputatlar tashabbusi tuman hokimi Behzod Raxmatullayev tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, jami 400 million so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Har bir deputatga 25 million so‘mdan ajratilgan ushbu mablag‘lar mahallalarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilishi — deputatlik faoliyatining aniq natijasi sifatida e’tirof etishga arziydi.

Quvonarli tomoni, bu tajriba kelgusi choraklarda ham davom ettirilib, aholi murojaatlari asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ajratilayotgan mablag‘lar hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va eng muhimi, odamlarning kundalik hayotidagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Bugun deputat — faqat sessiyalarda qatnashuvchi shaxs emas, balki xalq dardini tinglaydigan, uning yechimi uchun mas’uliyatni zimmasiga oladigan haqiqiy vakilga aylanmoqda. Bu esa xalq vakillariga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanib borayotganini, deputatlik institutining obro‘-e’tibori oshib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

Shubhasiz, bunday amaliy tashabbuslar joylarda xalq bilan muloqotni yanada kuchaytiradi va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyilning hayotda o‘z ifodasini topayotganining yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Nasiba Mo‘minova,

O‘ZLIDEP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri, Toyloq tuman Kengashi deputati.