Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ganiyeva tomonidan Andijon tumani ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
янв.21
Andijon viloyati Kengashining 16-Ulug‘nor saylov okrugi deputati G. Bobojonova tomonidan Obod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Ismoilova hududlarda o'rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati X.Xalilova Qorasuv shahrida og‘ir toifadagi ruhiy va narkologik bemorlar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Senator K.Burxanov tomonidan Andijon viloyatida 13-yalpi majlis muhokamasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi Raisi huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda komissiya aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi xodimlari, NNTlar, milliy madaniy markazlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

 Yigʻilishni komissiya raisi Sadoqat Siddiqova olib bordi.  

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatning boshqa institutlari faoliyatini koʻllab-quvvatlash, shu tariqa ularning bugungi islohotlardagi oʻrnini mustahkamlash masalasiga eʼtibor qaratilmoqda. Bu eʼtibor samarasini Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Buxoro viloyati boʻlinmasi faoliyati misolida ham kuzatish mumkin. 

Taʼkidlash joiz, 2025-yil ham boʻlinma faoliyati uchun juda samarali kechdi. Amalga oshirilgan loyihalar, tashkil etilgan aksiyalar viloyatda nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining jamiyatdagi rolini oshirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, faoliyati qoʻllab-quvvatlangan nodavlat notijorat tashkilotlar aholi hayoti bilan bogʻliq qator ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-ruhiy muammolarni hal qilishda yaqin koʻmakchiga aylandi. 

Jumladan, hududiy boʻlinma mablagʻlarining taqsimoti va ijrosi yoʻnalishida ortda qolgan yilda Prezidentimizning 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan 2024-yil dekabr oyida 2025-yil uchun mahalliy byudjetni tasdiqlash toʻgʻrisida qabul qilingan qarorga asosan,
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo
ʻllab-quvvatlash jamoat fondi Buxoro viloyati boʻlinmasiga jami 5067,967 million soʻm mablagʻ ajratilgan edi.  

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2025-yil 24-fevraldagi qarori bilan ajratilgan mazkur mablagʻlar fuqarolik jamiyati institutlarini davlat subsidiyasi, Davlat ijtimoiy buyurtmasi va davlat granti shaklida qoʻllab-quvvatlash va hududiy boʻlinmaning maʼmuriy xarajatlari uchun taqsimlandi.  

Jumladan, subsidiya tartibida Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati hududiy boʻlimlariga 1075,06 million soʻm, Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati hududiy boʻlimlariga 1826,3 million soʻm, Oʻzbekiston Karlar jamiyati hududiy boʻlimlariga 124,8 million soʻm, Oʻzbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi
hududiy boʻlimlariga 190,93 million soʻm mablagʻ ajratildi.
 

Yigʻilishda kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya aʼzolarining fikr va mulohazalari eshitildi va komissiyaning tegishli qarorlari
qabul qilindi.
  

Slide 1 of 8