Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Ismoilova hududlarda o'rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati X.Xalilova Qorasuv shahrida og‘ir toifadagi ruhiy va narkologik bemorlar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Senator K.Burxanov tomonidan Andijon viloyatida 13-yalpi majlis muhokamasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi Raisi huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Депутатлар соғлиқни сақлаш тизимидаги янгиликлар бўйича аҳоли билан учрашув ўтказди
янв.21
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 23 iyun kungi PF 98-sonli farmoni bo'ycha o'quv seminari
Mahalladan boshlangan islohotlar - Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori

Mahalladan boshlangan islohotlar - Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori

Prezidentimizning Oliy Majlis va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, hayotiy va amaliy dastur bo‘ldi. Unda, avvalo, “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi”, degan g‘oya yana bir bor qat’iy e’tirof etildi. Bu bejiz emas. Chunki inson kundalik hayotida islohotlarning samarasini aynan mahalladagi yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, transport, bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari holati orqali his qiladi.
Mahalla infratuzilmasini tubdan yaxshilash, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish bo‘yicha belgilangan vazifalar hududlar rivojida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab beradi. Kelgusi yildan mahallalarni rivojlantirishda kompleks yondashuv joriy etilishi, har bir viloyatda 2–3 tadan tuman tanlab olinib, u yerdagi barcha mahallalarda muammolarni bir vaqtning o‘zida hal etishga qaratilgan tizim yaratilishi joylarda yillar davomida to‘planib qolgan masalalarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tadbirkorlik infratuzilmasining parallel ravishda rivojlantirilishi aholi bandligi va daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu ezgu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 8,5 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi, shuningdek, deputatlarga o‘z saylov okruglaridagi muammolarni hal etish uchun 500 milliard so‘m yo‘naltirilayotgani mahalliy Kengashlar va deputatlarning mas’uliyatini yanada oshiradi. “Yashil hudud” va “yashil bog‘” tashabbuslari uchun har bir deputatga qo‘shimcha 330 million so‘mdan ajratilishi esa ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi uchun qulay va sog‘lom muhit yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. Bu yondashuv orqali 2030-yilgacha sharoiti og‘ir bo‘lgan barcha tumanlardagi mahallalarga Yangi O‘zbekiston qiyofasi olib kirilishi belgilanganini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.
Murojaatnomada sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan hamkorlikda har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standartlar asosida hamshiralar tayyorlanayotgani, endilikda Germaniya, Shveytsariya, AQSH, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etilishi tibbiyot kadrlarini tayyorlashda yangi bosqichni boshlab beradi. Bu orqali xorijiy tillarni biladigan, xalqaro talablarga javob beradigan malakali hamshiralar zaxirasi shakllanadi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish uchun “master reja” ishlab chiqilishi, infarkt, insult, onkologik va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, transplantatsiya, vaksinatsiya hamda ona-bola salomatligi yo‘nalishlariga 3,5 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi aholi salomatligini mustahkamlashda muhim omil bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar xalq manfaatiga xizmat qiladigan, joylarda real o‘zgarishlar yasashga qaratilgan puxta va uzoqni ko‘zlagan islohotlar dasturidir. Biz, mahalliy Kengash deputatlari, ushbu vazifalarning to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, aholi bilan hamnafas bo‘lib, har bir mahallada Yangi O‘zbekiston qiyofasini yaratish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
 

  Nargiza ABDULLAEVA,
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati, SamDTU davolash ishlari bo`yicha prorektori, ko`p tarmoqli klinika bosh shifokori