Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ganiyeva tomonidan Andijon tumani ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
янв.21
Andijon viloyati Kengashining 16-Ulug‘nor saylov okrugi deputati G. Bobojonova tomonidan Obod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Ismoilova hududlarda o'rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Senator K.Burxanov tomonidan Andijon viloyatida 13-yalpi majlis muhokamasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati X.Xalilova Qorasuv shahrida og‘ir toifadagi ruhiy va narkologik bemorlar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi Raisi huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

Shofirkon tuman hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashining to‘qson uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Alisher Fayzilloyev boshqarib borgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV xodimlari ishtirok etdilar.  

Kun tartibidagi birinchi masala, Shofirkon tumanida 2023-yilning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yakuni hamda 2024-yil uchun ustuvor vazifalar va rejalar bo'yicha tuman hokimi Alisher Fayzilloyevning hisoboti tinglandi. 

So‘nggi yillarda Shofirkon tumanida ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarni erkinlashtirish, inson qadrini ulug‘lash hamda odamlarning farovon yashashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tub islohotlar izchillik bilan olib borilmoqda.

Bu yo'lda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Davlat Rahbari va Hukumat topshiriqlaridagi 2023-yil davomida bajarilishi lozim bo‘lgan nazorat bandlarining ijrosini to‘liq ta’minlanmoqda. 
Alisher Fayzilloyev
Kun tartibidagi 2-masala ya'ni Shofirkon tumanini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda sektorlar rahbarlari tomonidan mahallalarda ishlarni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.  

Sektor rahbari tomonidan bildirilgan hisobotlar davomida Shofirkon tumanidagi 50 ta mahallada 3 480 nafar ishsiz fuqarolar (shu jamladan, 10 nafar xotin-qizlar va 11 nafar yoshlar) hamda mehnatga layoqatli 66 nafar nogiron mavjud ekanligi qayd etildi.  

Shuningdek, joriy yilda 57 ta umumta’lim maktabini 1 959 nafar o‘quvchilar (shundan, 845 nafar o‘g‘il bolalar va 1,1 ming nafar qizlar) bitirishi va mehnat bozoriga kirib kelishi kutilmoqda, harbiy xizmatdan qaytadiganlar esa 135 nafarni va migratsiyada qaytib kelganlar 1 320 nafarni tashkil etishi ma'lum qilindi. 

Navbatda keltirilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Kun tartibidagi masalalar bo'yicha Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari muzokara uchun so'zga chiqdilar. 

Xalq deputatlari tuman Kengashi bugungi sessiya mobaynida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilgach, sessiya o‘z ishini yakunladi.

Slide 1 of 19