Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ganiyeva tomonidan Andijon tumani ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
янв.21
Andijon viloyati Kengashining 16-Ulug‘nor saylov okrugi deputati G. Bobojonova tomonidan Obod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Ismoilova hududlarda o'rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Senator K.Burxanov tomonidan Andijon viloyatida 13-yalpi majlis muhokamasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati X.Xalilova Qorasuv shahrida og‘ir toifadagi ruhiy va narkologik bemorlar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi Raisi huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati faoliyat bo‘yicha fikr bildirdi

Deputatlarning bugungi kunda o‘rni qanday? Uning xalq orasida, yani saylovchilariningnazdida har bir muammo bo‘yicha munosabatiga ega bo‘lgan mustaqil shaxs sifatida namoyon bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor qaratilishi kerak?

Bilamizki, saylov o‘tgandan so‘ng hamisha saylovchilar o‘zlari yoqlab ovoz bergan deputatning shu tuman, shu shahar yo viloyatdagi o‘rni, davlat idoralari, tashkilot va korxona, muassasalar bilan qonuniy ishlay olish iqtidorini tekshirib ko‘rishadi. Saylovchilar o‘z deputatlari bilan faxrlansa, uning ish uslubi, fuqarolarga yordami, saylov okrugidagi muammolarni yechishdagi layoqatini e’tirof etsalar, deputatning o‘rni yanada yuksalib boradi. Agar deputat faqat sessiyalarda qo‘l ko‘tarish va tushirishni o‘ylaydigan, saylovchilari yashaydigan mahallalardagi ijtimoiy—iqtisodiy, ma’naviy vaziyatni bilmaydigan, kommunal soha va mahallalar infratuzilmasi haqidagi masalalar to‘g‘risida o‘z tushunchasiga ega bo‘lmagan kishi bo‘lsa, bu oxir-oqibatda saylovchilarning o‘zlari saylagan deputatdan ko‘ngli qolishlariga sabab bo‘ladi.

Men saylangan 14-“Yangiobod” saylov okrugi tumanimizning chekka mahallaridan sanalib, bu hududda 3 ta maktab, 2 ta bog‘cha, bir necha tadbirkorlik sub’ektlari, hunarmandchilik faoliyati, ko‘plab fermer xo‘jaliklari ish olib bormoqda. Saylov okrugimizga “Yangiobod” va “Ko‘paki” mahallalari kiritilgan bo‘lib, “Yangiobod” mahallasida 9 ta qishloqda 5676 nafar, “Ko‘paki” mahallasida 3 ta qishloqda esa 4465 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududimiz anchagina katta bo‘lib, u yerda yangi ish o‘rinlari, gazballon, yo‘l, ko‘prik, noto‘g‘ri hisoblanayotgan soliq, ijtimoiy yordam olish, bemorlarga order masalalarida saylovchilarimizning murojaatlari bo‘yicha ish olib borayapmiz. Bilamizki, har bir saylovchimiz o‘ziga xos bir olam. Hatto u endigina o‘rta maktabni tugatib, endigina fuqarolik pasporti olgan bo‘lsa ham. Hozirda 9, 10 va 51-maktablarimizda 2024 yilda bitirib chiqadigan yoshlarimizni ish bilan ta’minlash, ularning oliy o‘quv yurtlarini tanlash va kirish, hayotda o‘z yo‘llarini topib ketishlariga erishish masalalarida uchrashuvlar o‘tkazayapmiz. Hayotda birgina o‘z yo‘lini tgopib ketayotgan yoshlarimiz bo‘lsa u ham o‘z tengqurlarini o‘zining orqasidan ergashtirishi aniq. Shuningdek, mahallalarda yoshlarni hatlovdan o‘tkazib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan xabardor bo‘lish, ular haqida barcha kerakli ma’lumotlarni yig‘ish, zarurlariga ijtimoiy himoya ko‘rsatish, ish va kasb-hunar istaganlarini kasb-hunar markazlariga yo‘llash, bemor va nogironligi bo‘lgan yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, davlatimiz tomonidan belgilangan imtiyozlardan foydalanishlariga ko‘maklashish, davlat tomonidan hunarmandchilik va tadbirkorlikka berilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalardan unumli foydalanishlariga erishish masalalarida MFY raislari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari bilan birgalikda ish olib borayapmiz. Bundan tashqari hali oldimizda masalalar ko‘p. Shulardan biri mahalla yoshlarining bo‘sh qolib ketib, miyalarini turli keraksiz g‘oyalarga to‘ldirishglarining oldini olish maqsadida yoshlar yetakchilari bilan baqamti ish olib borishdir. Agar shu yo‘sinda yoshlarning qiziq kitoblar o‘qish, sport bilan shug‘ullanib, jismonan baquvvat bo‘lishlari, kompyuter ilmini yaxshi o‘zlashtirishlariga erishsak, bu ularning ma’naviy hayotlarida katta ish bo‘lgan bo‘lardi. Shuningdek, hokim yordamchilari bilan mahallada tadbirkorlik istagi bor yoshlarni ko‘proq aniqlash, ularning samarali kasb-hunar yoki tadbirkorlik yo‘nalishi topishlariga ko‘maklashish ham birinchi galdagi ishlarimizdan biridir. Axir mahalla ahli boy bo‘lsa, daromad manbai bo‘lsa ular xotirjam istiqomat qiladi, mahllada muammolar kamayadi. Shuning uchun deputat sifatida barchamiz o‘z oldimizda turgan masala va vazifalarni aniqlab olsak yaxshi bo‘lardi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati
A.Tavboyev

Slide 1 of 1