Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ganiyeva tomonidan Andijon tumani ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
янв.21
Andijon viloyati Kengashining 16-Ulug‘nor saylov okrugi deputati G. Bobojonova tomonidan Obod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Ismoilova hududlarda o'rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati X.Xalilova Qorasuv shahrida og‘ir toifadagi ruhiy va narkologik bemorlar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Senator K.Burxanov tomonidan Andijon viloyatida 13-yalpi majlis muhokamasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi Raisi huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Xalq depuatatlari Payariq tumani Kengashi deputati "Deputatlar va ularning faoliyati to‘g‘risida" fikr bildirdi

 Huquqiy demokratik davlat tashkil etish, xalqni adolat va to‘g‘rilik bilan boshqarish, qonunlar orqali odamlarni adolatga, yaxshi yashashga undash, ularni ishli va farovon qilish g‘oyasi juda qadim zamonlardan buyon mavjud.  

Bugungi davlatimizda olib borilayotgan o‘zgarishlar va islohotlarni kuzatgan, ulardan ta’sirlangan odam borki, bu jarayonlarga befarq bo‘lolmaydi. Davlatimiz rahbari “Adolat” so‘zi va “Adolat bilan ish olib borish” haqida juda ko‘p gapiradilar. Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak, degan ezgu g‘oya bugun mamlakatimizning barcha qishlog‘u shaharlarida birdek aks sado bermoqda. Xo‘sh, adolat bilan biz yuqorida eslagan qoidaning o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? 

Aytish kerakki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 2-moddasida ham bu haqda gapirilgan bo‘lib, “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar” deya belgilab qo‘yilgandir. Shundan ham ko‘rinib turibdiki, bugungi islohotlarimizning bosh maqsadi, xalqimiz irodasini ifoda etish, davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyatimiz oldida mas’ulligini oshirishdir. Qancha sayyor qabullarda ishtirok etamiz, mamlakatimizda mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, odamlarning uylarigacha kirilib, ularning muammolari o‘rganilmoqda, yoshlarimiz mahallalar bo‘yicha xatlovdan o‘tkazilib, ularni turli guruhlarga ajratilib, ishga muhtoj, kasalmand, ishga yaroqsiz, yordamga muhtoj, hatto tadbirkorlikka ehtiyojmandlari ham aniqlanib, bu borada dasturlar tayyorlanmoqda. Ularning qobiliyatlarini har tomonlama oshirish choralari ko‘rilmoqda. Ko‘rasizki, yilimiz oxiriga borib, bu yoshlarning har birining ma’naviy, moddiy va boshqa ehtiyojlari qoniqtirilib, ularga har tomonlama yordam beriladi. 

Shuningdek, xalq deputatlari tuman, shahar va viloyat Kengashlari maqomini ko‘tarish, davlat organlari rahbarlarining saylovchilar saylagan deputatlar oldida hisobdorligini oshirish, davlat organlari qanday ish olib borayapti, qanday reja va dasturlar asosida ish olib bormoqchi, qanday maqsadlari bor, soha olidagi muammo va yutuqlar, xullas, hisob berayotgan korxona, tashkilot rahbarlarining hisobotlari har tomonlama eshitilib, xulosa va qarorlar chiqarilmoqda. 

Keyingi paytlarda jamiyatimizda deputatlarga e’tibor nihoyatda kuchaydi. Endi o‘zini bilgan, jamiyatdagi o‘zgarishlarga befarq bo‘lmagan deputat sessiyada faqat ovoz beruvchi emas, u har bir masalaga o‘zini mas’ul deb biladigan, shu shahar, shu tuman kelajagi uchun o‘zini ham javobgar biluvchi xalq saylagan va ishongan, odamlarning ishonchini oqlovchi shaxsdir. Shu ma’noda deputatlarimiz oldida juda katta vazifalar turibdi. Bularga saylovchilar bilan uzviy aloqada bo‘lish, jamiyatdagi jarayonlarni diqqat bilan kuzatib borish, hududdagi muammolarni besh qo‘liday bilish, shu muammo va masalalarning yechimini izlash, odamlarning murojaatlari bo‘yicha davlat organlariga muammo qo‘ya olish, hudud muammolarining yechimini topa oladigan vaziyatlarga erishish va boshqalardir. 

Saylov shuning uchun saylovki, unda xalq ham, o‘z nomzodini shu odamlar muammolari bilan ishlay olaman, degan ishonchdagi nomzodlar ham o‘z ortiga bir boqib, kechagi hayotdan bugungisining farqini o‘ylab, bugun dolzarb bo‘lib turgan masalalar atrofida birgalikda fikr yuritib, hamkorlik qila olish qoidasini tamoyil qilib olib, shu borada shaxt ko‘rsatish, shu vatan, shu millat, shu jonajon davlatimiz kelajagi, tinchligi, rivojlanishi, odamlarning farovonligi uchun bir tanu bir jon bo‘lib ishlay olish tafakkurini in’om etadi, saylov bu o‘z-o‘ziga javobgarlik, masalalarni yana bir bor qalb qo‘ridan o‘tkazishdir. 

Azamat TAVBOEV, Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati 

Slide 1 of 1