Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qo‘qon shahrida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi

Nuroniylarning boy hayotiy tajribasi va qimmatli pand-nasihatlari yoshlarning shijoati bilan uyg‘unlashganda, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy kuch yuzaga keladi. Ayniqsa, yosh avlodni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda keksa avlod vakillarining o‘rni beqiyos. Qo‘qon shahridagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari M.Axmedova tashabbusi bilan amalga oshirilib, unga “Buvijonlar maktabi” a’zolari va S.Abdullayeva, A.Valiyev, faxriy ustoz Yu.Ismoilov, faol nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirok etilishi taminlandi.

Uchrashuv davomida mahalladagi mehnat faxriylari va nuroniylar yoshlar bilan o‘zlarining hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari va hayot saboqlari haqida suhbatlashdilar.

O‘quvchilar ham uchrashuvda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan nuroniylar va faxriy ustozlarga savollar yo‘lladilar. Berilgan savollarga hayotiy tajriba va ibratli misollar asosida javoblar olindi.

Mazkur uchrashuv turli avlod vakillari o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni hayotiy tajribaga ega insonlar bilan muloqotga jalb etish hamda ularda kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat va ezgu qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4