O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, tumanimizda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlar doimiy nazoratga olingan.
Xususan, “Adolat” SDPdan saylangan tuman Kengashi deputati — Kotibiyat mudiri M.Urazbayev hamda Amudaryo tumani hokimligi Ijro intizomi nazorati bo‘linmasi bosh mutaxassisi M.Tadjiboyev hamkorlikda mazkur Farmon ijrosi bo‘yicha tashkil etilgan tuman shtabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida quyidagi asosiy vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi:
🔹 Yangi ish o‘rinlarini yaratish: Aholini, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni doimiy va daromadli ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari;
🔹 Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash: Ularning daromad manbalarini ko‘paytirish va tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi amaliy ishlar;
🔹 Moliyaviy resurslar samaradorligi: Ajratilayotgan kredit va subsidiyalardan manzilli hamda samarali foydalanish darajasi.
Shtab faoliyatini yanada jadallashtirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Aholi farovonligi va hudud iqtisodiy barqarorligini ta’minlash borasidagi tizimli ishlar davom etmoqda.